Korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz mas’ulmiz
Korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz mas’ulmiz
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida turli sohalarda yuz berayotgan korrupsiya ko‘rinishidagi huquqbuzarliklar mamlakatning jadal sur’atlardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan tahdidlardan biridir.
Taxtako‘pir tumanidagi muassasa, korxona xodimlarining huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, ularda huquqbuzarliklarning har qanday ko‘rinishiga, birinchi navbatda, korrupsiyaga qarshi munosabatni shakllantirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B.Matmuratovning profilaktik targ‘ibot ishlari bo‘lib o‘tdi.
Unda korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borildi.