Chimboy tumanida bir qator ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi


Chimboy tumanida bir qator ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi

     So‘nggi yillarda yurtimizda yosh avlodni har tomonlama bilimli, zukko, barkamol inson etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Chimboy tumanida bir qator ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi.

      “Shaxtemir,” “Tag‘jap” mahallalarida quvonchli kun. Chunki bolalar bog‘chasi va o‘quvchilar maktablari zamonaviy qiyofaga ega bo‘lib, barcha sharoitlar yaratilib, foydalanishga topshirildi.

       Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi A.Tajetdinov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari M.Shlimbetova ishtirok etdi.

       Tadbirda ishtirok etgan nuroniylar, ota-onalar farzandlariga yaratilgan imkoniyatlardan mamnun bo‘lib, muhtaram Prezidentimizga o‘zlarining cheksiz minnatdorliklarini bildirdi.