Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashida “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida seminar tadbiri bo’lib o’tdi.
Unda Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari N.Erlepesov ishtirok etdi va seminarni boshqarib bordi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi E.Jo‘rayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bosh maslahatchisi F.Jurayev ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimining samarali ishlashini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida ijro tartibi “Ijro.gov.uz” idoralararo elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonnomalarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida bajarilishiga qaratilib, sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024 yilda “ijro.gov.uz” tizimida nazorat topshiriqlari ijrosi samaradorligi yakunlari, aniqlangan kamchilik va muammolar, shuningdek, bu boradagi ishlar natijadorligini oshirish choralari bo‘yicha Vazirlar Kengashi kotibiyatlari va tarkibiy bo‘linmalarining kelgusidagi ijro tartibini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi. Mazkur o‘quv seminar orqali “ijro.gov.uz” tizimida nazorat topshiriqlari ijrosining samaradorligini oshirish, aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ul mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblarni olishdi.