O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6098-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari N.Erlepesov ishtirok etdi va yig‘ilishni boshqarib bordi. 2024-yilda Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil hamda xatlovlar natijasida aniqlangan 12 yo‘nalishda byudjetga 514,4 mlrd. so‘m qo‘shimcha tushumlar tushirish belgilangan. Shundan, 2024-yil davomida 610,5 mlrd. so‘mga (118%) qayta hisobot topshirib 549,9 mlrd. so‘m undirilgan (106,9%). Bundan tashqari 2024-yilda mahalliy byudjetga 428,0 mlrd.so‘m qo‘shimcha tushumlarni 21-yo‘nalishini ta’minlash bo‘yicha reja belgilab olingan edi. Rejaga asosan yil yakuni bilan byudjetga jami 429,3 mlrd. so‘m tushum ta’minlanib, belgilangan reja 100,3 foizga bajarilgan. 2025-yil uchun 17 yo‘nalishda 767,5 mlrd. so‘m qo‘shimcha tushumlarni tushirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanib rejasi belgilanib, hozirgi kunda “Yo‘l xaritasi” bajarishga qaratilgan. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqilib, tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.