Fuqarolar qabuli: Har bir murojaat e’tiborsiz qolmaydi
Bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Ahmedova o‘zining shaxsiy qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolar asosan uy-joy masalasi, bandlik, ijtimoiy yordam, kommunal xizmatlar kabi muammolar bo‘yicha murojaat qilishdi. Tegishli soha mutasaddilari bilan birgalikda har bir masala batafsil o‘rganilib, ayrim murojaatlar joyida hal etildi. Hal etilishi vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan esa aniq yo‘nalishlar belgilandi va nazoratga olindi. Fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazish va ularning muammolariga yechim topish jamiyat taraqqiyotining muhim jihatlaridan biri bo’lib, qabul natijasida ko‘plab masalalar hal etilganligi aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.