Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov hamda Jo‘qorg’i Kengesining Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari bo’yicha qo‘mitasining raisi I.Sdikov boshchiligida respublikamizdagi qurilishga oid masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Yig’ilishda barcha tumanlarning qurilish bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari, davlat tashkilotlari vakillari, yirik quruvchilar, mutaxassislar va investorlar ishtirok etdi. Bo‘lib o‘tgan yig’ilish davomida qurilish sohasidagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularga echim topish, innovatsion echimlar va yangi texnologiyalarni joriy etgan holda zamonaviy ko‘p qavatli turar joy massivlarini barpo etish va sifati jihatidan alohida e’tibor bergan holda o‘z vaqtida topshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish, shaffoflikni oshirish va xavfsizlik standartlariga rioya qilish borasidagi masalalar soha vakillari bilan atroflicha muhokama qilindi. yig’ilish davomida qurilish sohasini rivojlantirish uchun qator takliflar ko‘rib chiqildi. Jumladan, zamonaviy qurilish materiallaridan samarali foydalanish, ekologiyaga zarar etkazmaydigan texnologiyalarni qo‘llash va mehnat resurslarini oqilona boshqarish haqidagi g’oyalar e’tirof etildi.