Joriy yilning 30-yanvar va 7-fevral kunlari oralig‘ida Toshkent shahrida sportning Armrestling va para armrestling turidan barcha yosh toifalari o‘rtasida Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 30-yanvar va 7-fevral kunlari oralig‘ida Toshkent shahrida sportning Armrestling va para armrestling turidan barcha yosh toifalari o‘rtasida Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi.
Unda Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Ukraina, Belarus va Xitoy davlatlaridan jami 300 ga yaqin nogironligi bo‘lgan sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqada para armrestling bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Qoraqalpog‘istondan 6 nafar sportchi ishtirok etib, jami 2 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Xususan, To‘rtko‘l tumani sport maktabi tarbiyalanuvchilari M.Artiqboyeva 50 kg. vazn toifasida o‘ng qo‘lda 1-o‘rinni egallab, oltin medal sohibi bo‘ldi.
N.Xo‘jamuratov 100+ kg vazn toifasida o‘ng va chap qo‘lda tayanib, 3-o‘rinni egallab, bronza medali sohibi bo‘ldi.
Sportchilarimizni muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz.