Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Fransiya Taraqqiyot agentligining yetakchi mutaxassisi Paskal Duard boshchiligidagi ekspertlar guruhi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 dekabrdagi PQ–459-son qaroriga muvofiq, “Orol dengizi havzasining quyi oqimidagi degradatsiyaga uchragan yerlar holatini yaxshilash” loyihasi amalga oshirilmoqda. Joriy yilning yanvar oyida ushbu loyihaning 2-bosqichi ishi boshlandi, bu bosqichni amalga oshiruvchi Fransiya Taraqqiyot Agentligi (AFD) va Yevropa investitsiya banki (EIB) tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanib, tender asosida tanlab olingan ONFI va Rahmanov Partners MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida Fransiya Taraqqiyot agentligining yetakchi mutaxassisi Paskal Duard boshchiligidagi ekspertlar guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida o‘zaro muhim loyihalarni amalga oshirishda “Yashil” iqtisodiyot – ekologik sof va barqaror rivojlanish modellarini joriy etish, qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy texnologiyalar asosida agrar sohani modernizatsiya qilish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek tashrif doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining 8 ta tumanida loyihaning Texnik-iqtisodiy masalalari yuzasidan hududlarda uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.