Bahrayn poytaxti Manama shahrida sportning qilichbozlik turining Shpaga yo‘nalishi bo‘yicha qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida Jahon kubogi bo‘lib o‘tgan edi.
Bahrayn poytaxti Manama shahrida sportning qilichbozlik turining Shpaga yo‘nalishi bo‘yicha qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida Jahon kubogi bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Qoraqalpog‘istonlik sportchimiz Dilnaz Murzataevada muvaffaqiyatli ishtirok etib, jamoaviy bahslarda 3-o‘rinni egallab, bronza medali sohibiga aylandi. Ma’lumot uchun, jamoaviy bahslar natijasida turkiyalik sportchilar birinchi o‘rinni, Gonkong terma jamoasi esa ikkinchi o‘rinni egallagan.