Temir yo‘l ustidan yangi avtomobil o’tkazgich ko‘prigi foydalanishga topshirildi
Yurtimizda yana bir muhim infratuzilma obyekti foydalanishga topshirildi — temir yo‘l ustidan o‘tuvchi yangi avtomobil o’tkazgich ko‘prigi rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida qiymati 1 mlrd. 146 mln. so‘m bo‘lgan mazkur ko’prik Nukus shahrining “Nawqan bag’'” va “Tele oray” mahalla fuqarolar yig’inlarini bir-biriga bog’lab turadigan, fuqarolarning og’irini yengil, uzog’ini yaqin qiladigan yangi avtomobil o’tkazgich ko‘prigi foydalanishga topshirildi. Barcha xavfsizlik va sifat standartlariga to‘liq javob beradigan mazkur yo’l o’tkazgich orqali minglab haydovchilar va piyodalar o‘z maqsadlariga xavfsiz va tez yetib borish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa mahalliy aholining hayot sifati va iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.