Sayyor qabullarda fuqarolarning muammolari o‘z yechimini topmoqda
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Zarikeev, Chimboy tumanida tuman aholisi bilan ochiq muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarga joylarda yechim topish maqsadida sayyor qabul bo’lib o’tdi.
Sayyor qabulda fuqarolardan bank kredit masalalari, elektr energiyasi, uy-joy, ijtimoiy yordamlar bo‘yicha turli murojaatlar kelib tushdi va ularning ayrimlari joyida ijobiy yechim topdi. Vaqt talab etiladigan murojaatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining shaxsiy nazoratiga olinib, tez fursatda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi.