Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining majlislar zalida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga oid majlis o‘tkazildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining majlislar zalida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga oid majlis o‘tkazildi Majlisda Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari N.Erlepesov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Allambergenov hamda soha mutasaddilari ishtirok etdi. Uchrashuvda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Hududlarda qonunbuzarliklar sonini kamaytirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy targ’ibotni kuchaytirish va profilaktik tadbirlarni tizimli yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, mahalla fuqarolari yig’inlarining faolligi va aholi o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatiga urg’u berildi.