Xitoylik investorlar bilan muvaffaqiyatli uchrashuvlar


Xitoylik investorlar bilan muvaffaqiyatli uchrashuvlar

Respublikamiz iqtisodiyotiga sarmoyalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida shu kunlarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarni amalga oshirish maqsad qilingan. Energetika va sanoat, Qishloq xo‘jaligi, Texnologiya va innovatsiyalar sohalarida investitsiya kiritish bo‘yicha kelishuvlar ko‘rib chiqilmoqda.

O’z navbatida, Xitoylik tadbirkorlar O‘zbekistondagi sarmoyaviy muhit va iqtisodiy islohotlarga yuqori baho berdi. Ular o‘zlari bilan birga zamonaviy texnologiyalar, moliyaviy resurslar va xalqaro tajriba olib kelishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Uchrashuvlar davom etmoqda.