Qoraqalpog’istonlik bir guruh faollar “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


27-dekabr kuni Nukus shahrida Qoraqalpog’istonlik bir guruh faollarni O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farxod Ermanov, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduxakimov, Turizm qo‘mitasi Raisi Umid Shadiev, shuningdek, ekologiya va turizm sohalarining hududiy rasmiy vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Qoraqalpog’istonda turizm sohasining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan quyidagi davlat tashkilot vakillari hamda tadbirkorlar “Turizm fidoyisi” ko‘krak belgisi bilan taqdirlandi:

Qoraqalpog’iston Respublikasi Turizm boshqarmasi boshlig’i o‘rinbosari – Kusekeev Bayram Kallibekovich

Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat san’at muzeyi direktori – Mkrtıchev Tigran Konstantinovich

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi boshlig’i – Maxsetbaev Polat Maxsetbaevich

“AYIM TOUR” turistik korxonasi menejeri – Taubaldieva Ayjamal Sultamuratovna

“MASSAGET” mehmonxonasi direktori – Djienbekova Dilfuza Daribaevna