Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov Kegeyli tumanida fuqarolar murojaatlarini o‘rganib chiqish bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazdi.
Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynayotgan kundalik muammolariga ijobiy echim topish choralari bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Shu maqsadda bugun, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov Kegeyli tumanida fuqarolar murojaatlarini o‘rganib chiqish bo‘yicha sayor qabul o‘tkazdi. Qabulda tumanning turli hududlaridan 30 dan ortiq fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi. Asosan ichimlik suv, yo‘l, moddiy va tibbiy yordam, bolalar nafaqasi, bandlik kabi hayotiy muammolar bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarning murojaatlari shu joyning o‘zida respublika miqyosidagi tegishli soha rahbarlari bilan hamkorlikda o‘rganib chiqildi. Bajarilishi, ijobiy echimi uchun vaqt va mablag’ talab etiladigan murojaatlar ijrosi yuzasidan tegishli tartibda topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.