Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzoqov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov bilan birgalikda Nukus shahri da “Uychi tumani” tajribasi asosida umumiy qiymati 12 mlrd so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonasi tashkil etilishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi. “Namangan-Nukus-Uychi” MCHJ tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida temirchilikka ixtisoslashgan kichik sanoat zonasi tashkil etilib, unda qo‘shimcha savdo markazlari qurish ko‘zda tutilgan. Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzoqov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov bilan birgalikda mazkur tadbirda tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Ushbu kichik sanoat zonasi ishga tushishi bilan 70 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.