Joriy yilning 4 dekabr kuni Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov, Taxtako‘pir tumani sektor boshliqlari, tegishli soha rahbarlari va mahalla javobgarligi ishtirokida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha yig’ilish o‘tkazildi.


Joriy yilning 4 dekabr kuni Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov, Taxtako‘pir tumani sektor boshliqlari, tegishli soha rahbarlari va mahalla javobgarligi ishtirokida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha yig’ilish o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, kuz-qish mavsumida so‘nggi o‘lim bilan sodir bo‘layotgan hodisalarning asosiy qismi energiya resurslaridan foydalanish me’yorlarining buzilishi bilan bog‘liq. Yig‘ilishda kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda gazdan zaharlanishning oldini olish maqsadida xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.