Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Toyvo Klaar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Evropa ittifoqi hamda davlatimiz o’rtasida bugun barcha sohalarda hamkorlik aloqalarining mustahkam o’rnatilganligi, bu borada davlatimiz rahbarining bugungi kunda olib borayotgan ochiqlik siyosatining yorqin namoyondasi ekanligi alohida takidlab o’tildi. Uchrashuv davomida ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. Tomonlar oliy o’quv yurtlari o‘rtasida talabalar almashinuvi dasturlarini kengaytirish va birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish zarurligi bo’yicha muzokaralar olib borildi.