Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Beruniy tumanida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularga joyida yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.


Bugungi kunda mamlakatimizda inson manfaatlari yuksak qadriyat darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, barcha chora-tadbirlar “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida hayotda o‘z ifodasini topmoqda. Bunda fuqarolarning muammolarini o‘rganish va bartaraf etish, qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘lida barcha choralar ko‘rilmoqda. Shu asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Beruniy tumanida bo‘lib, fuqarolardan kelib tushgan turli mazmundagi murojaatlarni o‘rgandi. Qabul davomida uy-joy bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, gaz masalalari yuzasidan kelib tushgan murojaatlar ko‘rib chiqildi, murojaat egalariga yechimi yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Albatta, har bir murojaat ko‘rib chiqilib, hal etilishi bir insonning taqdiriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan bir qatorda fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.