Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Turkiyaning «SAGLIK GROUP» MChJ konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog’liqni saqlash sohasida islohatlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida» 2024-yil 22-yanvardagi PQ-38-son qaroriga muvofiq, sog’liqni saqlash tizimida amalga  oshirilayotgan islohatlarni chuqurlashtirish, etakchi xorijiy ekspertlar ishtirokida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish hamda sohada samaradorlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida Turkiyaning «SAGLIK GROUP» MChJ konsalting kompaniyasidan bir guruh mutaxassislar tashrif buyurdi.   Tashrif avvalida Turkiyaning «SAGLIK GROUP» MChJ konsalting kompaniyasi vakillari Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov qabulida bo‘ldi.   Suhbat davomida sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarni yanada jadallashtirish maqsadida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishda amalga oshirilishi lozim masalalar atroflicha muhokama qilindi.   Bundan so‘ng ishchi guruh U.Xalmuratov nomidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Xo‘jayli, Kegayli, Taxiatosh, Amudaryo, Nukus tumanlaridagi tibbiyot birlashmalarida bo‘lib birlamchi tizimda mavjud muammolar, davlat tibbiy sug’urtasi tizimini joriy etishga tayyorgarlik holatini o‘rgandi. Xususan, tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlanganligi, kafolatlangan hajmga kiritilgan tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish mexanizmlari monitoring qilindi.