Joriy yilning 21-24 noyabr kunlari Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar olib borilgan edi.


Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida o‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu o‘rganishlar natijasi ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda barcha tuman (shahar) studiyalaridan tegishli mutasaddilar ishtirok etdi. Yig‘ilishda Prezident farmoni bilan qabul qilingan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiylashtirish, yetimlikning oldini olish, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda g‘amxo‘rlik ko‘rsatish hamda tarbiyalash vazifalarining dolzarbligi ta’kidlandi. Qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtirish, yil yakuniga qadar belgilab berilgan reja va vazifalar to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi.