Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Isroil davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisini qabul qildi.
Isroil davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustis Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish va turli sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi sohalarida aloqalarni rivojlantirish, ekologik muammolarga birgalikda kurashish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ilm-fan, ta’lim, turizm salohiyatidan yanada kengroq foydalanish qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ikki mamlakat soha xodimlari o‘rtasida tajriba almashish va yaqin aloqalar o‘rnatish muhimligi alohida ta’kidlandi.