Qoraqalpog‘istonda gulchilikni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.


Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududiy bo‘limi hamkorligida biznes va moliyaviy konsalting (BFC) hamda Germaniya taraqqiyot bankining (KFW) moliyaviy ko‘magida “Zamonaviy texnologiyalar asosida manzarali o‘simliklar va gullar yetishtirish, bu borada biznes tashkil etish” masalasiga bag‘ishlangan 2 kunlik seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.A.Parpiboyeva va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.A.Axmedova ishtirok etdi. Seminar-treningda Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlaridan kelgan tadbirkorlar, ishsiz xotin-qizlar manzarali o‘simliklar, gullar yetishtirish va biznesini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zamonaviy bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.