O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.Xodjayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov rahbarligida respublikamiz tadbirkorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.Xodjayev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov boshchiligida tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni ishga tushirishda uchrayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda investitsiya loyihalarini ishga tushirish, mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan va eksportyor korxonalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlash joizki, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ular uchun barcha qulay shart-sharoitlarni yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Birgina Qoraqalpog‘iston uchun qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar bu boradagi chora-tadbirlar ko‘lamini yangi bosqichga ko‘tarmoqda. Bugungi uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi va bildirilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topish choralari ko‘rildi. Vaqt talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, tez fursatda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi. Har qanday investitsiya, ishlab chiqarish va sanoatni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar Prezidentimiz tomonidan doimo qo‘llab-quvvatlanishi alohida ta’kidlandi.