Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov Germaniyaning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Huterer bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tti.


Uchrashuvda Vazirlar Kengashining Raisi Farxod Ermanov keyingi yillarda yurtimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar, kun sayin mustahkamlanib borayotgan ishbilarmonlik muhiti va xalqaro hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilayotganini alohida ta’kidladi. Muloqot davomida savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, tibbiyot, ta’lim sohalari, bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tti. Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda har ikki tomon so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilganligini e’tirof etdilar.