Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Xitoy Xalq Respublikasining “Xinjiang Hongtai Seed Industry Technology Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tti.
Uchrashuvda ikki tomonlama qishloq xo’jaligi sohasidagi mavjud hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish borasida muloqot bo’lib o’tdi. Oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va uning sifatiga alohida e’tibor qaratish bo’yicha so‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan ko‘plab Farmon va qarorlar qabul qilinib, buning natijasida joylarda ulkan yutuqlarga erishildi. Agrar tarmoqda ham ishlab chiqarish hajmi ikki barobar oshdi. Yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va uning sifatini oshirishda Xitoy Respublikasining agrar sohadagi mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlarni olib borish bo’yicha izchil ishlar davom ettirilmoqda. Xitoy kompaniyasi yurtimizda shirin (Bulg‘or) qalampiri, mosh, sifatli va hosildor paxta yetishtirish va uni qayta ishlash, qishloq xo’jaligi yo’nalishida qo’shma loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish bo’yicha o’z takliflarini bildirib o’tishdi. Uchrashuv yakunida Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov “Xinjiang Hongtai Seed Industry Technology Co., Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, bu borada har ikkala tomon ham doimo hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi.