Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanovning navbatdagi sayyor qabuli Amudaryo tumani “Qilichboy” OFYda bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabul – fuqarolar bilan muloqot qilish, ularning hayotiy ehtiyojlarini o‘rganish, muammolariga ijobiy yechim topishda muhim o’rin tutadi. Shu bois Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan joylarda sayyor qabullar tashkil etilib, mavjud muammolarni aniqlash va ularni joyida bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Navbatdagi sayyor qabul Amudaryo tumanida bo‘lib o‘tdi. Qabulda asosan fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar qatorida, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik, tibbiy yordam, tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Bildirilgan aksariyat murojaatlar joyida ijobiy yechim topdi, vaqt talab qiladigan murojaatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining shaxsiy nazoratiga olinib, tez fursatda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi. Yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida o‘tkazilayotgan bunday sayyor qabullar fuqarolar hayotida uchrayotgan va ularni qiynayotgan muammolarga yechim topishda hamda xalqimizni bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashi yo‘lida yana bir amaliy ishlarning isboti bo‘ladi.