Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi Sharqiy va Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar bo‘yicha ma’sul referenti K.Probstning bilan uchrashdi.


Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi Sharqiy va Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar bo‘yicha ma’sul referenti K.Probstning bilan uchrashdi. Uchrashuvda Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Germaniya va mamlakatimiz bilan ko‘p qirrali munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini yuksak baholab, ta’lim, sog’liqni saqlash, turizm sohalarida hamkorlikdagi vazifalar, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yanada kuchaytirish bo’yicha muzokaralar olib borildi. Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligining Sharqiy va Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar bo‘yicha ma’sul referenti K.Probst rivojlanish masalalarida hamkorlik istiqbollari bo’yicha o’z fikr va mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.