Sayyor qabullar asosida fuqarolarning muammolari o‘z yechimini topmoqda


Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov Shumanay tumani “Begjap” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan ochiq muloqot, ularni qiynayotgan muammolarga joylarda yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabulda tadbirkorning kadastr masalalari bo‘yicha qilgan murojaati joyida ijobiy yechim topdi. Shuningdek, qabulga bandlik, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, moddiy yordam, bank krediti masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi va uning aksariyati joyida o’z yechimini topdi. Vaqt talab etiladigan murojaatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining shaxsiy nazoratiga olinib, tez fursatda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi.