Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanovning Qo‘ng‘irot tumani “Ájiniyaz” OFY fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi


Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar hayotda o‘z aksini topishi va fuqarolarimizning bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash maqsadida ularning muammolarini hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar davom etmoqda. Shu maqsadda joriy yilning 20 sentabr kuni Qo‘ng‘irot tumanidagi “Ájiniyaz” OFY da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Bugungi kunda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida fuqarolarning muammolariga yechim topish, ularning turmush farovonligini, eng muhimi, bugungi hayotidan roziligini ta’minlash borasida barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bugungi sayyor qabulda fuqarolar tomonidan asosan tibbiy yordam ko‘rsatish, operatsiya to‘lovlarini to‘lab berish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy yechim topdi, vaqt talab etiladigan murojaatlar Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanovning shaxsiy nazoratiga olinib, tez fursatda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi.