Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov Xitoy davlatining “CSADI” loyihasi menejeri Yu Xiaodong bilan uchrashdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami yangi bosqichga ko‘tarilgani, Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida e’tibori natijasida so‘nggi yillarda qabul qilingan qator qaror va farmonlar haqida qisqacha aytib o’tdi.
O‘z navbatida, Xitoyning “CSADI” loyihasi menejeri Yu Xiaodong Respublikamizda qurilish va uy-joy qurilishining yangi xususiyatlari haqida axborot almashishga hissa qo‘shishini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida 4R-176 “Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir” avtomobil yo‘li bo‘yida yangi zamonaviy 7 qavatli 40 ta uy qurish bo‘yicha kelishuv imzolandi.