Taxiatosh tumanida yangi oilaviy poliklinika qurilishi boshlandi


Shu yilning 6 sentyabr kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan tashrifi davomida Taxiatosh tumaniga kelib, oilaviy poliklinikaning bugungi kundagi holati bilan tanishgan edi va ma’sullarga topshiriqlar berildi. Topshiriqlarning amaliy bajarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Salam Samadov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farxod Ermanov, tuman sektor rahbarlari va boshqa mas’ullar yangi poliklinika qurilishi loyhasi bilan tanishdi. So’ngra, bir vaqtning o‘zida 100 fuqorani qabullash va ko‘riktan o‘tkazish imkonini beradigan yangi poliklinika qurilishiga start berildi.   Ma’lumot o’rnida, yangi poliklinika homiylar tomonidan qurib bitkazilgach, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanadi.