Joriy yilning 14-16 sentabr kunlari Respublikamizda “Xalqaro Barsa kelmas eko marafoni” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning 14-16 sentabr kunlari Respublikamizda “Xalqaro Barsa kelmas eko marafoni” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu marafonda ishtirok etish uchun dunyoning bir qancha mamlakatlaridan professional sportchilar ishtirok etish istagini bildirgan. Sportchilarni Nukus xalqaro aeroportida kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali kutib olish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Bayram O‘temuratov Perdebaevich va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Adilbek Allanazarovlar qatnashib, kelgan sportchi va mehmonlarimizga ertangi “Xalqaro Barsa kelmas eko-marafoni”da omadlar tiladi.