Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Rasul Zarikeev ishtirokida Kegeyli tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 12 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Rasul Zarikeev ishtirokida Kegeyli tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Qabulda fuqarolar tomonidan uy-joy bilan ta’minlash, bandlik, moddiy yordam va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Bunda ayrim murojaatlar tuman hokimi A.Kamalov bilan birgalikda o‘rganilib, qabul davomida ijobiy hal etildi. Muddat talab qiladigan murojatlar uchun ishchi guruh tuzilib, masala joyiga chiqqan holda o‘rganilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.