Qoraqalpog‘iston Respublikasida aloqa kabeliga zarar yetkazgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Taxtako‘pir tumani “O‘zbekiston” OFY hududida X.A. boshchiligida erda texnika yordamida qazish ishlarini olib borish vaqtida, ushbu hududdan o‘tgan “O‘zbektelekom” AKga tegishli optik tolali aloqa kabeli uzib yuborilgan.

Ushbu holat yuzasidan “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan qonunbuzarlik o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari” talablari buzilganligi sababli X.A.ga nisbatan, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 154-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy jazo chorasi ko‘rildi.

Shuningdek, fuqarolarga kelgusida aloqa liniyalari oʻtgan hududlarda qazish ishlarini olib borish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.