Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov va Sirdaryo viloyati hokimi A.Maxmudaliev Xitoy Respublikasining “Shuifa Group Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.


Uchrashuv davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlar asosida yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirilishini ta’minlash va boshqa muhim masalalarga keng to‘xtalib o‘tildi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. “Shuifa Group Co., Ltd” kompaniyasi tomonidan yurtimizda tuproq unumdorligi pasayib ketayotgan qishloq xo‘jaligi yerlarini qayta ishlash orqali paxta yetishtirish va uni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.