To‘rtko‘l tumani “Miskin” MFYda istiqomat qiluvchi Saadat momo Abdullaeva bu yil 110 yoshni qarshi oldi
Onaxon ko‘p yillar davomida qishloq xo‘jaligida ishladi. Keyinchalik davlat muassasalarida ish yuritdi. Onaxon butun umri davomida farzandlariga halol mehnat qilishni o‘rgatdi. Bugun onaxon faxrli nuroniy. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Mutaqillik bayrami munosabati bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Mukofotni Qoraqalpoǵiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi F. Ermanov topshirdi.