Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Prezidentimizning faqat Qoraqalpog‘iston uchun qabul qilingan tarixiy Farmon va Qarorlari asosida Nukus tumanida amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi kundagi jarayoni bilan tanishish maqsadida media-tur tashkil etildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ezgu ishlar va xalqimizning farovon turmushi yo‘lidagi islohotlar bugun har bir oilaga kirib bormoqda. O‘tgan qisqa davr mobaynida faqat Qoraqalpog‘iston uchun qabul qilingan tarixiy Farmon va Qarorlar bugun Respublikamiz aholisiga ilgari bo‘lmagan imkoniyatlar yaratmoqda. Mazkur Farmon va Qarorlarning bugungi kundagi ijrosi bilan tanishish maqsadida bir qator ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Nukus tumaniga media-tur tashkil etildi. Media-tur davomida tuman bo‘ylab yangidan qurilayotgan binolar, tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar, ta’lim markazlari, infratuzilma inshootlari, yo‘llar, bolalar maydonchalari, sport inshootlari hamda Prezidentimiz tashabbuslari bilan qabul qilingan hukumatimizning 52-son qarori asosida tuman hududida yashovchi kam ta’minlangan xo‘jaliklar uyining tomini shiferlash, eskilarini yangidan qurish ishlarining bugungi kundagi jarayoni bilan tanishdi.