Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov «FLEX» korxonasi direktori Djunayd Kxan bilan uchrashdi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov «FLEX» korxonasi direktori Djunayd Kxan bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida «FLEX» korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar haqida so‘z bordi. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlaydigan «paketik» ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va bu mahsulot bugungi kunda to‘liq eksportga yo‘naltirilayotgani alohida ta’kidlandi.

Shu bilan bir qatorda, o‘zimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini saqlagan holda qadoqlab, xalqaro standartlarga javob berishini va uni eksport qilish orqali erkin bozorini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib borildi.