Hurmatli, Tashqi reklama va axborot ob’ekti (konstruktsiyasi) egalari
Hurmatli, Tashqi reklama va axborot ob’ekti (konstruktsiyasi) egalari!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.08.2023 yildagi “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 428-son qaroriga asosan
ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirish muddati 2024-yil 1 iyulga qadar etib belgilangan Bunda,
ilgari berilgan reklama joyining pasport egalari tomonidan 2024 yil 1 iyulga qadar ularni yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirish uchun YaIDXP axborot tizimi orqali ariza topshirilishi nazarda tutilgan.
2024 yil 1 iyulga qadar ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirish uchun ariza topshirilmaganda, ushbu pasportlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi haqida ogohlantiramiz.