Rasmiy izoh
Ijtimoiy tarmoqlarning birida “Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi o‘yinlari haqida gapirib bermoqchi edim” nomli murojaat chop etildi. Murojaatga quyidagicha izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va qambag’allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g’risida”gi PF-29-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va qambag’allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-31-sonli qarorlariga muvofiq Aholining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy ko‘maklashish, ularning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambag’allikni qisqartirish, respublika, viloyat, tuman va shaharlarda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari va manzilli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlarini bevosita mahalla darajasiga tushirish maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boshlab har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi ta’sis etilgan. Farmonga muvofiq hokim yordamchisi lavozimiga nomzodlar tegishlicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalari orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinishi shuningdek, nomzodlarning intiluvchanligi, maqsadga yo‘nalganligi, qobiliyati, tajribasi kabilarni inobatga olgan holda tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkinligi belgilangan. Amudaryo tumani hokimligining xati bilan Amudaryo tumani “Jumurtov” nomli shaharcha fuqarolar yig’inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimi yordamchisi lavozimiga vacancu.argos.uz sayti orqali e’lon qilingan ochiq tanlovning mutaxassislik (malaka) talablaridan va test sinovlaridan o‘tgan 6 nafar nomzod bilan suhbat o‘tkazish taqdim etilgan. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tuman (shahar) mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va qambag’allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchi lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan suxbat o‘tkazish bo‘yicha tanlov komissiyasi tarkibi tomonidan Amudaryo tumani “Jumurtov” nomli shaharcha fuqarolar yig’inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimi yordamchisi lavozimiga belgilangan tartibda suhbat o‘tkazildi. Shuningdek suhbat jarayoni nomzodlarning kelishuvi asosida videota’svirga yozib olinib, suhbat yakuni bo‘yicha komissiya tomonidan barcha nomzodlardan taklif va e’tirozlari mavjudligi to‘g’risida so‘raldi hamda nomzodlarning hech qanday taklif, e’tirozlari yo‘qligini ma’lum qilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, Amudaryo tumani “Jumurtov” shaharcha fuqarolar yig’inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokimi yordamchisi lavozimiga suhbat jarayonlari belgilangan tartibda o‘tkazilganligini ma’lum qilamiz.