Qoraqalpog’iston Respublikası Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Xitoy davlatidan kelgan investorlar bilan uchrashdi.


Uchrashuv davomida Qoraqalpog’iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy tomondan yanada rivojlantirish, hurmatli prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlar asosida yangi investitsiya loyihalarini ishga tushurilishini ta’minlash va boshqa muhim masalalar bo’yicha muzokaralar olib borildi. Takidlash joizki, Ózbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasidagi o’z-aro hamkorlikdagi ishlar ham yangi bosqichlarga ko’tarilib bormoqda. Muzokaralar davomida, Nukus xalqaro aeroportida yangi yo’nalishlarni yo’lga qo’yish va investitsiya jalb qilish masalalari ko’rib chiqildi.