Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o’rinbosari N.Erlepesov o’zining navbatdagi shaxsiy qabulini o’tkazdi


Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o’rinbosari N.Erlepesov o’zining navbatdagi shaxsiy qabulini o’tkazdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan tibbiy yordam, uy-joy bilan ta’minlash, bandlik va bank kredit masalalariga oid murojaatlar bildirildi.

Murojatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqildi va bir nechta murojat o‘sha vaqtning o‘zida ijobiy hal qilindi, ayrimlari esa qo‘shimcha o‘rganish uchun nazoratga olindi.