Qoraqalpog’iston Respublikası Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Xitoy hamda Turkiya Respublikalaridan kelgan investorlar bilan uchrashdi.


Uchrashuv davomida Qoraqalpog’iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy tomondan yanada rivojlantirish, qishloq xo’jaligi sohasidagi hamkorlikni yo’lga qo’yish va uni yanada rivojlantirish bo’yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov investorlar tomonidan taqdim etilgan iqlimimizga mos keladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun tayyorlangan prezentatsiya materiallari bilan yaqindan tanishdi. Bu bo’yicha agronomlar uchun maxsus o’quv kurslarini yo’lga qo’yish masalalari ko’rib chiqildi.