Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosarlari ishtirokida To’rtko’l tumanida sayyor qabul bo’lib o’tdi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosarlari ishtirokida To’rtko’l tumanida sayyor qabul bo’lib o’tdi.
Mamlakatimiz siyosatining bosh g‘oyasiga aylangan “Inson manfaatlari uchun” tushunchasi asosida olib borilayotgan islohotlar fuqarolarimiz turmushida o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda.
To‘rtko‘l tumani “Bog‘yop” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Madaniyat saroyi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosarlari R.Nurazizov, B.Otemuratov, M.Ahmedova, tuman hokimi R.Shamuratov, hamda tegishli vazirliklar mas’ullari hamda tumandagi tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.
Qabul davomida tumandagi fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazilib, ularning muammolarining ijobiy yechimiga e’tibor qaratildi.