Buryatiya Qoraqalpog’iston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi


Buryatiya Qoraqalpog’iston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi “Buryatiya rahbari Aleksey Tsidenov va Qoraqalpog’iston Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Maqsad — tomonlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish, ikki tomonlama manfaatli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va ishbilarmon doiralar aloqalarini rag’batlantirishdan iborat”, — deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, memorandum asosida organik sabzavot va mevalarni etkazib berish,engil sanoatning turli sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bunday hamkorlik o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun ham, Buryatiya aholisi uchun ham foydali bo‘ladi dedi Tsidenov.