Sayyor qabul


Shu yilning 16-may kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari Rasul Zarikeevning, Taxtako’pir tumanida fuqarolarning murojatlarini o’rganish, ularning taklif va fikrlarini tinglash maqsadida sayyor qabuli tashkil etildi.

Qabulda fuqarolar tomonidan asosan, bandlik, moddiy yordam, uy-joy bilan ta’minlash, subsidiya olish hamda ichki yo’llarni ta’mirlash masalalari bo’yicha murojatlar bildirildi.

Bunda ko’pchilik masalalar shu joyning o’zida yechimini topgan bo’lsa, vaqt talab etiladigan masalalar uchun ishchi guruh tuzilib, muammolarni joyiga chiqqan holda o’rganilishi bo’yicha ko’rsatmalar berildi.