Qoraqalpog’istondagi madaniy meros obyektlar tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan asraladi


“Effekt Makarenko” telegram kanalida “Demak, va’da qilinganimizdek, O‘zbekiston madaniy merosining barcha dushmanlarini ko‘rsatamiz” https://t.me/makarenko_channel/6439 sahifasida berilgan e’lon bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi: Vazirlar Mahkamasining 25.03.2024-yildagi 154-son qaroriga asosan, “Nukus shahri, Pushkin ko’chasida joylashgan, 9 qavatli turar joy binosining fasadidagi Mozaika kompozitsiyasi” – moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan. Ushbu obyektdagi tashqi reklama o‘rni YaT “Saliev Usnatdin Karamatdinovich”ga tegishli bo‘lib,  reklama vositasini demontaj qilish bo‘yicha 2024-yil 19-aprel sanasida ogoxlantirish xat taqdim qilingan. Shuningdek, mazkur holatlar bo‘yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasiga 2024-yil 25-aprel sanasida tegishli topshiriq berilgan. Buning natijasida 2024-yil 30-aprel sanasida 9 qavatli turar joy binosining fasadidagi tashqi reklama vositasi olib tashlanganligini bildiramiz.