Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov otaliqqa olgan yoshlar bilan uchrashdi
Bugun 2024-yil 24-aprel kuni Yoshlar markazida Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov otaliqqa olgan yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida, F.Ermanov davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida qisqacha aytib o‘tdi. SHuningdek, subsidiya asosida maishiy texnikalar, kompyuter olish, oliygohlarga kirish uchun qo‘shimcha o‘quv kurslariga borish bo‘yicha murojaatlari bildirildi. Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov tegishli soha vakillari rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalarini berib, bundan boshqa masalalarni Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikası boshqarmasining rahbari P.Maxsetbaev bilan birgalikda joyida ijobiy echimini topdi.