VAZIRLAR KENGASHI RAISI OʻRINBOSARI RAHBARLIGIDA OChIQ MULOQAT O‘TKAZILDI


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Sh.Dauletiyarov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligida korxona rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Nukus shahrida yangidan tashkil qilingan 15 ta avtobus yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyilgunga qadar xalqning transportga boʻlgan talabini qondirish maqsadida vaqtincha mikroavtobus yoʻnalishlarini tashkil qilish masalasi koʻrib chiqildi.